Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabariga koʻra, 2020 yil 21 aprel soat 10:00 holatiga Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1657 nafarni tashkil qilgan boʻlib, ushbu raqamlar oldingi kunning shu paytiga nisbatan 92 nafarga koʻpdir.
Quvonarli jihati ham yoʻq emas. Kechagi kunga mamlakatimizda tojdor virusga chalinganlar soniga nisbatan ushbu kasallikdan sogʻayganlar koʻrsatkichi keskin oshib, 96 nafarga yetdi.
Shunday qilib, kechagi kunga mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻaygan bemorlar, avvalgi kunlarga nisbatan eng yuqori koʻrsatkichni qayd etgan holda, ularning soni 357 nafarni tashkil etmoqda.
Ushbu sinovli damlarda hammamiz yanada jipslashib, sabr-matonat, yuksak tafakkur, qatʼiy intizom va ulkan masʼuliyatli faoliyatimiz bilan namuna boʻlaylik. Uyda qolib, farzand tarbiyasi bilan shugʻullana oladigan imkoniyat berilgan ayni pallaning hamda salomatlikning qadriga yeting! Tibbiy tartib- qoidalarga rioya qiling. Barchaga salomatlik va omadlar tilaymiz.