Mamlakatimizda tojdor virusga chalinganlar soniga nisbatan  sogʻayganlar koʻrsatkichi oshdi

0
106
marta koʻrilgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabariga koʻra, 2020 yil 21 aprel soat 10:00 holatiga  Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1657 nafarni tashkil qilgan boʻlib, ushbu  raqamlar oldingi kunning shu paytiga  nisbatan  92 nafarga koʻpdir.

Quvonarli jihati ham yoʻq emas. Kechagi kunga mamlakatimizda tojdor virusga chalinganlar soniga nisbatan ushbu kasallikdan sogʻayganlar koʻrsatkichi keskin oshib, 96 nafarga yetdi.

Shunday qilib, kechagi kunga  mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻaygan bemorlar, avvalgi kunlarga nisbatan eng yuqori koʻrsatkichni qayd etgan holda, ularning soni  357 nafarni tashkil etmoqda.

Ushbu  sinovli damlarda hammamiz yanada jipslashib, sabr-matonat, yuksak tafakkur, qatʼiy intizom va ulkan masʼuliyatli faoliyatimiz bilan namuna boʻlaylik. Uyda qolib, farzand tarbiyasi bilan shugʻullana oladigan imkoniyat berilgan ayni pallaning hamda salomatlikning qadriga yeting! Tibbiy tartib- qoidalarga rioya qiling. Barchaga  salomatlik va omadlar tilaymiz.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.