Mazkur yilning dastlabki birinchi choragida Oʻzbekistondan necha kishi chiqib ketgan?

0
146
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston davlat statistika qoʻmitasining xabar berishicha, 2019 yilning dastlabki birinchi choragida mamlakatimizdan 2864,2 ming kishi xorijga chiqib ketgan.

Chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy qismi MDH davlatlariga ketgan boʻlib, ular 2726,8 ming kishini tashkil etadi. MDH davlatlariga ketganlar ichida Qozogʻiston Respublikasiga  44,1 % (1262,9 ming kishi), Qirgʻiziston Respublikasiga 25,4 % (728,8 ming kishi), Rossiyaga 13,1 % (375,7 ming kishi), Turkmanistonga 0,9 % (24,5 ming kishi) tashkil etadi.

Uzoq xorijga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy qismi Turkiyaga (44,1 ming kishi), Janubiy Koreyaga (21,3 ming kishi), BAAga (13,4 ming kishi), Saudiya Arabistoniga (10,0 ming kishi), Xitoy, Xindiston va AQSH davlatlariga (mos ravishda 8,0, 6,9 va 4,8 ming kishi) chiqib ketgan.

Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining asosiy safar maqsadlari bu qarindoshlarni yoʻqlash (72,2 %). Keyingi oʻrinlarda sayyohlik  — 8,6 %, tranzit — 8,2 %, davolanish — 1,0 %, doimiy yashash  — 0,8 %, xizmat yuzasidan va ishlash  — 0,8 % , oʻqish va tijorat  — 0,6 %  va boshqa maqsadlarda – 6,4 foiz. Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining — 55,8 foiz erkaklar, 44,2 foiz ayollardir.

2019 yilning dastlabki birinchi choragida Oʻzbeksitonga xorijdan kelgan chet el fuqarolari esa 1646,8 ming nafarni tashkil etib, 1548,6 nafari MDH, 98,2 ming nafari uzoq xorijiy mamlakatlardan kelganlar.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.