Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan past maosh berilishi mumkinmi?

0
134
marta koʻrilgan.

Savol: Maktabda farrosh boʻlib ishlovchi xodimning oylik ish haqi 450.000 soʻm boʻlishi mumkinmi?

Javob: Mehnat kodeksining 153-moddasiga asosan, mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan oz boʻlishi mumkin emas va uning eng koʻp miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi.

Shuni taʼkidlash kerakki, hozirgi kunda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 747.300 soʻmni tashkil etadi.

Ravshan SAʼDULLAYEV, “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotining Mirobod  tumani huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.