Qonunchilikka koʻra, nogironligi boʻlgan shaxslarga gʻamxoʻrlik qiluvchi (yoʻlda kuzatib boruvchi) fuqarolar ham bir qancha imtiyozlarga ega. (https://lex.uz/docs/6391378#6391977).
Ular, jumladan:
Davlat xizmatlari markazlari, sogʻliqni saqlash, taʼlim, madaniyat muassasalarida fuqarolarning bevosita hozirligida koʻrsatiladigan xizmatlardan navbatsiz foydalanishi, davlat idoralari rahbarlari qabuliga navbatsiz kirishi mumkin;
Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan nogironligi boʻlgan bolaga gʻamxoʻrlik qilish uchun shu muassasada uning otasi yoki onasiga yoxud oilaning bolani bevosita parvarishlayotgan boshqa aʼzosiga nogironligi boʻlgan bolaning yonida birga boʻlish uchun sharoit yaratiladi. Xususan:
▫️Statsionar tibbiyot muassasalarida nogironligi boʻlgan bolani parvarishlayotgan shaxsga mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi;
▫️Bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga gʻamxoʻrlik qiluvchi shaxslar davolash davrida davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bepul ovqatlanishi mumkin.
gujum. uz