Nogironligi boʻlgan shaxslarga gʻamxoʻrlik qiluvchi fuqarolarning imtiyozlari

0
34
marta koʻrilgan.

Qonunchilikka koʻra, nogironligi boʻlgan shaxslarga gʻamxoʻrlik qiluvchi (yoʻlda kuzatib boruvchi) fuqarolar ham bir qancha  imtiyozlarga ega. (https://lex.uz/docs/6391378#6391977).

Ular, jumladan:

Davlat xizmatlari markazlari, sogʻliqni saqlash, taʼlim, madaniyat muassasalarida fuqarolarning bevosita hozirligida koʻrsatiladigan xizmatlardan navbatsiz foydalanishi, davlat idoralari rahbarlari qabuliga navbatsiz kirishi mumkin;

Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan nogironligi boʻlgan bolaga gʻamxoʻrlik qilish uchun shu muassasada uning otasi yoki onasiga  yoxud oilaning bolani bevosita parvarishlayotgan boshqa aʼzosiga nogironligi boʻlgan bolaning yonida birga boʻlish uchun sharoit yaratiladi. Xususan:

▫️Statsionar tibbiyot muassasalarida nogironligi boʻlgan bolani parvarishlayotgan shaxsga mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi;

▫️Bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga gʻamxoʻrlik qiluvchi shaxslar  davolash davrida davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bepul ovqatlanishi mumkin.

gujum. uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.