Oilada koronavirus kasalligi tasdiqlangan holatda…

0
178
marta koʻrilgan.

Tahririyatimizga  koronavirus kasalligiga oid  murojaatlar ham boʻlib turibdi.  Bu holat tibbiy madaniyatga boʻlgan eʼtiborni aks ettiradi. Kasallikni davolagandan koʻra oldini olgan maʼqul-da! Savolga bolalar vrachi Hafiza Narzullayeva javob beradi.

 SAVOL: Oiladagi kattalarda koronavirus aniqlangan paytda uydagi bolalarda ham kasallik alomatlari kuzatilsa, ularda ham test oʻtkazish kerak boʻladimi?

Javob: Test oʻtkazishga shoshilish kerak emas. Faqat, oila aʼzolarining bariga, jumladan bolaga ham tez-tez suyuqlik ichirib turish tavsiya qilinadi.

SAVOL: Lekin, bolalarim suyuqlik ichsa, qayt qilib yuboryapti. Bunday holatda nima qilish zarur?

Javob: Bunday holatda bolada kasallikning ichak shakli oʻtayotgan boʻlishi mumkin. Hududiy poliklinikadan shifokor chaqirib, suvni ham qusayotgani va diareya holati haqida xabar bering. Tana harorati koʻtarilishi, aksirish, tomoq qichishishi, qusish va diareya holatlari birgalikda kechganida bolada suvsizlanish, holsizlanish kuchayadi.  Shifokor nazorati ostida avval qusishni toʻxtatishga oid dori- darmonlarni olish, soʻngra suyuqliklarni qultumlab ichishni koʻpaytirishga harakat qilish kerak.

Bolani tana harorati tushguniga qadar doimiy ravishda shifokor nazoratida boʻlishi shart.  Zarurat tugʻilganida shifokor dori vositalarni kasallik kechuvidan kelib chiqib tavsiya etadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.