Oliy taʼlim muassasalarida 2020/2021 oʻquv yili qanday  boshlanadi? Masofaviy taʼlim davom etaveradimi?

0
236
marta koʻrilgan.

AOKA huzuridagi shtabda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev ishtirokida oʻtkazilgan brifingda aholidan tushgan savollarga javob qaytarildi.

SAVOL: Joriy yil 17 iyul kuni TDTU magistraturasiga onlayn hujjat topshirdim. Hujjatlarimni boshqa mutaxassislikka qaytadan topshirishim mumkinmi?

JAVOB: Mumkin, buning uchun siz hujjat topshirgan OTMga roʻyxatdan oʻtkazilganingizni bekor qilish toʻgʻrisida murojaat qilasiz va bekor qilingach, boshqa OTM yoki mutaxassislikka topshirasiz.

SAVOL: Men xorijiy davlatda kunduzgi-sirtqi taʼlim shaklida oʻqiyman. Oʻzbekistonda oʻqishimni davom ettirmoqchi edim. Lekin Oʻzbekistonda bunday oʻqish turi yoʻq. Nima qilishim mumkin?

JAVOB: Siz respublikamiz oliy taʼlim muassasalaridagi mavjud sirtqi taʼlim shakli boʻyicha oʻqishingizni kuchirib oʻqishingiz mumkin.

SAVOL: Men xorijiy davlatda oliy taʼlim muassasasida tahsil olaman. Oʻqishimni Oʻzbekistonga qanday koʻchirsam boʻladi?

JAVOB: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Transfer.edu.uz sayti orqali yoshlarni oʻqishlarini kuchirish uchun arizalarini onlayn qabul qilish yoʻlga qoʻyilgan. Joriy yilning 5 avgustigacha siz roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

SAVOL: Oliy taʼlim muassasalarida 2020/2021 oʻquv yili qanday  boshlanadi? Masofaviy taʼlim davom etaveradimi?

JAVOB: Anʼanaviy taʼlim shaklida oʻquv yilini boshlash rejalashtirilgan edi. Respublikada epidemiologik vaziyatning barqarorlashish sharoitidan kelib chiqib, Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat va magistraturasining yuqori kurs talabalari hamda akademik litseylarning 2 kurs oʻquvchilariga yangi oʻquv yilini joriy yilning sentyabr oyidan masofaviy shaklda boshlashga ham tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.