ONALARGA BOLA PARVARISHI BOʻYICHA QOʻShIMCHA IMTIYOZ

0
141
marta koʻrilgan.

“Fuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni (sana:09.02.2022 yil, OʻRQ–752-son) qabul qilingan.

Ushbu Qonunga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 234-moddasining beshinchi qismiga oʻzgarish kiritilgan boʻlib, unga koʻra ayolning bola parvarishi taʼtilida boʻlgan vaqti xammasi boʻlib 6 yil davomida mehnat stajiga qoʻshilishi belgilangan.

Oldingi tartibga koʻra bu muddat 3 yil qilib belgilangan edi.

Savol tugʻilishi mumkin: Nega endi ayollar uch yil bola parvarishi taʼtilida boʻlsa-yu, oʻsha uch yil uchun unga 6 yil mehnat staji qoʻshiladi? Chunki, oldingi huquqiy tartib boʻyicha ayol bola parvarishi taʼtilidan qaytmasidan ikkinchi marta farzandli boʻlsa, u yana bola parvarishi taʼtiliga chiqishi mumkin boʻlar edi. Aytaylik ayol ikki marta tugʻruq taʼtiliga chiqib, 3 yildan olti yil bola parvarishi bilan band  boʻlsa xam unga faqat uch yil uchun mehnat staji yozilar edi. Endilikda mana shu muddat oʻzgardi va olti yil qilib koʻrsatildi.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.