Oʻz sogʻligini tekshirib koʻrishning xalqona usullari

0
157
marta koʻrilgan.

 Koʻz osti koʻkaribroq tursa, yurakni tekshirtirib koʻrish kerak. Tirnoqlaringizni ustida yoʻl-yoʻl chiziqlar boʻlsa, ichaklarda muammo borligini bildiradi.

Koʻzingizning ostki va ustki qismlarida mayda yogʻli donachalar boʻlsa, sizda xolestirin miqdori yuqori darajadaligini anglatadi.

Ikkala qoʻlingizni oldinga choʻzib, bir varoq qogʻozni yerga qaratilgan kaftlaringiz ustiga qoʻying. Agar titroq sezsangiz, sizning endokrin tizimingizda muammo borligining belgisidir.

Bir metr uzoqlikdan yonib turgan shamni puflang. Agar osonlik bilan oʻchira olsangiz, sizning oʻpkangiz toza, yaxshi ishlayapti. Shamni qanchalik yaqin masofadan oʻchirsangiz, oʻpkangizdagi muammo shunchalik koʻproq boʻladi.

Tanadagi zaharlanish darajasi qay ahvolda ekanligini tekshirish: Ikki qoʻlingiz kaftlarini koʻkrak qafasingizda birlashtiring. Agar qoʻllaringizda toʻgʻri burchak hosil boʻlsa, tanangizda toksinlar, zaharlanish ehtimoli juda ham kam!

Oʻz biologik yoshini aniqlash: Oʻng oyogʻingizga turib, chap oyogʻingizni tizza balandligida koʻtaring va qoʻllaringizni choʻzib, koʻzingizni yuming. Qancha tura olasiz, sanang. Agar 30 sekund tura olsangiz 20 yoshdasiz, 25 sekund esa 30 yoshlik quvvatni bildiradi, 20 sekund tura olish  40 yoshga teng, 10 sekund esa 60 yoshlik quvvatda ekanlikni bildiradi.

Fazilat SAʼDULLAYEVA tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.