Oʻzbek xonliklari davrida nechta kulolchilik maktabi boʻlganini bilasizmi?

0
66
marta koʻrilgan.

Oʻzbek xalqining kulolchilik sanʼati juda qadimiy va goʻzal. Ushbu maftunkor olamni qadimiy va mashhur Xiva, Samarqand va Buxoro shaharlaridagi moʻjizaviy qasr hamda minoralarning goʻzal naqshindor devor tasvirlari ham ifodalab turibdi. 

Oʻzbek xonliklari davrida kulolchilikning uchta: shimoli-sharqiy (Fargʻona), Buxoro-Samarqand va shimoli-gʻarbiy (Xorazm) maktablari mavjud boʻlgan.

Fargʻona vodiysi va Xorazm kulolchiligida koʻk-moviy rang ustun turgan boʻlib, ishqorli sir ishlatilgan. Oʻz navbatida Buxoro-Samarqand markazlari asosan qoʻrgʻoshin siri bilan qoplangan sariq-jigar rang gammali keramikasi bilan mashhur.

Rishton kulolchilik markazi yetakchi oʻrin tutgan.  Rishton kulolchiligida keng tarqalgan mavzu chorbarg, anorgul, bodomgul, barg, islimi (oʻsimlik novdalari) hisoblanadi. Naqshlarga koʻpincha – choydishlar, koʻzalar, musiqiy asboblardan tortib, miltiq va pichoqlargacha boʻlgan buyum tasvirlari kiritiladi.

Bu goʻzalliklarni  his qilish va tomosha qilib zavqlanish qiyin emas, buning uchun qadimiy shaharlarimizga hamda betakror muzeylarimizga  sayohatning oʻzi yetarlidir.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.