Gender zoʻravonlikni oldini olish uchun “Ishonch telefoni” faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Shu kunlarda dunyo mamlakatlarida oilaviy nizolar va ajrashishlar sonining koʻpayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Karantin davri esa koʻplab oilalar uchun jiddiy sinov payti boʻlmoqda.
Bunday vaziyatda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash komissiyasi tomonidan, BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi (YUNFPA), hamda Fuqarolik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash markazi bilan hamkorligida joriy yilning 10 aprel kunidan “Ishonch telefoni” xizmati yoʻlga qoʻyildi.
Endilikda opa-singillarimiz telefon raqamlari orqali “Ishonch telefoni” operatoridan oilada huquqbuzarlikning oldini olish masalalari boʻyicha bepul maslahat olishlari mumkin.
Huquqshunos: +99897 137 26 26;
Ruhshunos: +998 97 137 27 27;
Ishonch telefoni operatori: +99897 137 24 24
Oʻzingizni qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishingiz mumkin.
Eslatib oʻtamiz, ushbu “Ishonch telefoni” xizmati har kuni 8-00 dan 18-00 gacha uch oy davomida faoliyat koʻrsatadi.
Nodira Shotursunova