Oʻzbekiston Respublikasida zoʻravonlikni targʻib qiluvchi maʼlumotlarni tarqatish taqiqlanadi

0
369
marta koʻrilgan.
tabiat

Bolani gulga qiyoslash mumkin. Oʻsib ulgʻayib qatʼiy fikrga ega boʻlguncha asrash oilalar bilan birga jamiyatning ham burchi.  Ularning gul yangligʻ nozik qalbiga  nomunosib axborotlarni singdirish  zoʻravonlik hisoblanadi. Ushbu huquqiy normalarni bilib qoʻyish va rioya qilish  maqsadga muofiqdir.

– Zoʻravonlik xatti-harakatlarini amalga oshirishga undaydigan axborot mahsuloti bolalar oʻrtasida tarqatilishi taqiqlanadi (https://lex.uz/docs/3333797).

– Shafqatsizlik, jismoniy va ruhiy zoʻravonlik aks etgan axborot mahsulotlari yoshga oid toifasi belgisi (0+, 7+, 12+, 16+) bilan markirovka qilinadi (https://lex.uz/docs/3333797).

– Shaxsning tasviriga boʻlgan huquqi uzviy va daxlsizdir (http://old.lex.uz/docs/111189). Shaxsni identifikatsiya qilish imkonini beradigan uning tasviri ayrim hollarda faqat shaxsning roziligi bilan tarqatiladi (http://old.lex.uz/docs/4396419).

– OAVdan urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalarini targʻib qilish maqsadida foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi (https://lex.uz/docs/1106870).

Veb-sayt (sahifa) yoki axborot resursning egasi mazkur axborot aniqlangan taqdirda, darhol oʻchirib tashlashi shart (https://lex.uz/acts/83472). 

Qonunchilikni buzgan shaxs BHMning 400 baravarigacha miqdorda (120 mln.soʻm) jarimaga tortiladi.

 (https://lex.uz/acts/97664)Takroran sodir etilganda:

– BHMning 600 baravarigacha miqdorda jarima;

– 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

– 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.               

Manbaa: AOKA rasmiy kanali

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.