Oʻzbekiston Respublikasining  doimiy aholisi soni qancha?

0
834
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi  maʼlumotiga koʻra mamlakatimizda doimiy aholi soni 2019 yil 1 yanvar holatiga  33 million 254,1 ming kishiga yetdi. Aholi soni 2018 yilga nisbatan  597,4 ming kishiga yaʼni 1,8 foyizga oʻsdi.

Jumladan, shahar aholisi soni 16 million 805 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,5%), qishloq aholisi soni 16 million 449,1 ming kishini (49,5%) tashkil etgan.

Oʻtgan yilda tirik tugʻilgan  chaqaloqlar soni 768,3 ming nafarni tashkil etsa, 154,7 mingta vafot etganlar qayd etildi. FHDYo boʻlimlarida 311,4 mingta nikoh va 32,3 mingta ajralishlar roʻyxatga olingan.

Aholi zichligi boʻyicha tahliliy koʻrsatgichlar:  Oʻzbekistonda 1 kv.km.ga 74,1 kishi, aholining eng zich joylashuvi Andijon (1 kv.km.ga 713,2 kishi), Fargʻona (544,8 kishi) va Namangan (370,0 kishi) viloyatlariga toʻgʻri keladi.  Aholi zichligi boʻyicha eng past koʻrsatgich Navoiy viloyati (8,8 kishi) va Qoraqalpogʻiston Respublikasiga (11,2 kishi) toʻgʻri kelmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2019 yil 1 yanvar  holatiga respublika doimiy aholi sonining 30,3 foyizi mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 59,5 foyizi  mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,2 foyizi mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.