Oʻzbekistonda ilk bor xorijda ishlash istagidagilar uchun mehnat yarmarkasi oʻtkazildi

0
193
marta koʻrilgan.
Oʻzbekistonda ilk bor chet elda ishlash istagida boʻlgan fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi oʻtkazildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar berdi.

2020 yil 15 yanvar kuni Andijon hamda Qashqadaryo viloyatida tashkillashtirilgan yarmarkalarda xorijlik ish beruvchilar oʻzlarida mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim qildi.

Andijonda tashkil etilgan tadbirda Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti rahbari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari ishtirok etdi.

Ish beruvchilar

Yarmarkada Rossiya Federatsiyasi, Latviya, Bolgariya vakillari oʻz takliflari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, ularning qatorida yurtimizda faoliyat yuritadigan 20 ga yaqin xususiy bandlik agentligi vakillari ham qatnashdi. Yarmarkaga tashrif buyurgan mingdan ziyod fuqaro esa jami 150 ga yaqin yoʻnalishda 9000 dan ziyod xorijdagi boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumot olish imkoniga boʻldi.

Natija qanday boʻldi?

Yarmarkada ishtirok etgan 500 nafarga yaqin fuqaro ish beruvchilar taqdim etgan ish oʻrinlarida faoliyat koʻrsatish istagini bildirdi.

Nima kutilyapti?

Bu kabi yarmarkalar yurtimizda xavfsiz, tartibli, tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasini yoʻlga qoʻyish imkonini beradi.

 
OʻzA
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.