Oʻzgidromet iyul oyi oxiriga moʻljallangan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi. Maʼlumotlarga koʻra, 25-28 iyul kunlari mamlakatda havo harorati asta-sekin pasayadi. Baʼzi joylarda harorat 31 darajagacha tushadi.
25-28 iyul kunlari uchun ob-havo maʼlumoti
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Kam bulutli boʻlib, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini sharq tomonga oʻzgartirib sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi, 25 iyul kuni 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Kam bulutli boʻlib, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini sharq tomonga oʻzgartirib sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi, 25 iyul kuni 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. 25 iyul kechasi harorat 20-25 daraja issiq, 26-28 iyul kunlari 17-22 daraja iliq, kunduzi 31-36 daraja issiq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Kam bulutli boʻlib, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini sharq tomonga oʻzgartirib sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi, 25 iyul kuni 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Kam bulutli boʻlib, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Kam bulutli boʻlib, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini sharq tomonga oʻzgartirib sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi, 25 iyul kuni 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. 25 iyul kuni kechasi harorat 23-28 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq, 26-28 iyul kunlari kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlari. Kam bulutli boʻlib, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini sharq tomonga oʻzgartirib sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi, 25 iyul kuni 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 16-21 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq boʻladi.
Maʼlumot uchun, respublikada soʻnggi haftalar ichida anomal issiq havo harorati kuzatilmoqda. Kunduzgi soatlarda harorat 40-43 daraja issiqdan ham koʻtarildi.