Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni kechagi kunga nisbatan deyarli 2 baravar ortdi

0
204
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi  Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi maʼlumotiga koʻra 2020 yil 13 aprel soat 23:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 998 nafarni tashkil qilgan boʻlsa, bugungi soat 15:30 holatiga koʻra esa,  tojli virusni yuqtirganlar soni 1113 nafarni tashkil qilmoqda.

Kecha mamlakatimizda 18 soat ichida kasallikka chalinganlar soni  67  nafarga koʻpaygan boʻlsa, bugun  oʻtgan  16 soat ichida bemorlar soni 115 nafarga ortdi. Bu  deyarli 2 baravar koʻpdir. Bu raqamlar har birimizni yanada masʼuliyatli, sabr —toqatli  boʻlishga chorlaydi. Karantin tartib-qoidalariga rioya qiling. Biz uchun tinim bilmay, kunni-tunga ulayotgan mutaxassislarni mehnatini qadrlang!

Uyda qoling oʻzingizni, oilangizni asrang!

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.