Oʻzbekistonda transport harakati sohasida yangi tizim joriy etiladi

0
107
marta koʻrilgan.

Bu haqda AOKAdagi matbuot anjumanida Toshkent shahar transport boshqarmasi boʻlim boshligʻi Ahrorxoʻja Toshxoʻjayev maʼlum qildi:

— Rivojlangan davlatlarda odamlar metro bekatiga shaxsiy avtoulovida kelib, uni metro yonidagi avtoturargohga qoʻyadi va yoʻlini jamoat transportida davom ettiradi.

 Oʻzbekistonda ham ana shunday tizim va yirik avtoturargohlarni tashkil etish rejalashtirilyapti. Hozir turk muhandislari bilan oʻrganish-tahlil ishlari olib borilmoqda. Bu shahardagi tirbandlikni kamaytirish va jamoat transporti harakati uchun qulay sharoit yaratish uchun muhim.

 Toshkent shahrida 500 mingdan ortiq shaxsiy transport roʻyxatga olingan. Jamoat transporti orqali esa oʻrtacha 480 ming yoʻlovchi tashilmoqda. Yaʼni shahar aholisining 10 tadan atigi 2 tasi jamoat transportidan foydalanmoqda. Biz bu koʻrsatkichni yuqori darajaga olib chiqishimiz kerak.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.