Pandemiya sharoitida maktablarda anʼanaviy taʼlim jarayoni  qay tarzda tashkil qilinadi?

0
289
marta koʻrilgan.

SAVOL: Qanday holatda maktab yoki sinf xonasi karantinga olinishi mumkin?

JAVOB: Bitta sinfda 3 nafar oʻquvchida koronavirus aniqlangan taqdirda sinf Sanitariya epidemiologik osoyishtlik markazi tomonidan karantinga olinadi va maktabda dezinfeksiya tadbirlari amalga oshiriladi.

Jami sinflar sonidan yoki oʻqituvchi-xodimlar jami sonidan 10 foizida test natijalari ijobiy natijani koʻrsatganda maktab karantinga olinadi.

SAVOL: Pandemiya sharoitida maktabda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish uchun sharoit boʻlmasa qanday yoʻl tutiladi?

JAVOB: Sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan biror maktab sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi deb topilsa, ushbu maktabda anʼanaviy taʼlim boshlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi, yaʼni oʻquvchilarning taʼlim olishi masofaviy tarzda amalga oshiriladi.

SAVOL: Pandemiya sharoitida maktablarda anʼanaviy taʼlim jarayoni  qay tarzda tashkil qilinadi?

JAVOB: Pandemiya sharoitida umumtaʼlim maktablarida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishning vaqtinchalik tartibi belgilandi. Unga koʻra, dars mashgʻulotlari ertalab soat 8:00 dan kech soat 17:30 gacha tashkil qilinadi.

Bolalarning bir vaqtda toʻplanib qolishlarini oldini olish maqsadida darslarning boshlanishi tabaqalashtirilgan holda amalga oshiriladi. 1-4 sinflar maktabga soat 08:00 gacha, 5-8 sinflar soat 08:30 gacha hamda 9-11 sinflarning kelishi soat 09:00 gacha alohida eshiklardan ijtimoiy masofa saqlab, tana haroratini oʻlchagan holda amalga oshiriladi.

Boshlangʻich sinf oʻquvchilari sinf rahbarlari tomonidan maktabning asosiy darvozasi yonida kutib olinadi hamda kuzatiladi.  Ota-onalarning maktabga kirib chiqishi taqiqlanadi.

Darslar  jarayoni “Sinf sistemasi”da olib boriladi, yaʼni barcha darslar bir sinf uchun bir xonada olib boriladi.

Darslar oraligʻidagi tanaffuslar vaqtida qoʻngʻiroq chalinmaydi, sinf xonalari koʻchadagi havo haroratidan kelib chiqqan holda shamollatib boriladi.

Laylo Rustamova, Xalq taʼlimi vazirligi matbuot kotibi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.