Dunyoni boricha qabul qiling. Yashash osonroq boʻladi, deydi allomalar.
Qoʻlingizdan kelgan narsani oʻzgartiring. Oʻzgartirish qoʻlingizdan kelmaydiganlari uchun sabr qiling, oʻrgatadi oqsoqollar.
Fozillar oʻgiti: Neʼmatlarga shukr, hayotga teran fikr kerakligini unutmang…
Odamlardan «farishta»likni talab qilmang, unutmang banda farishta boʻla olmaydi. Har yaxshini bir yomoni va har yomonni bir yaxshisi bor, deyiladi xalq matallarida.
Shayxlar saboqi: Doim yaxshi niyatda boʻling, chunki niyatingizni gapirmasingizdan eshitadigan Zot bor.
Oʻzingizni koʻp qiynamang.. yuragingizga rahmingiz kelsin. Hayotga yengilroq qarang, deydi tabiblar.
Donolar soʻzi: Hayotingizda uchta mehmon vaʼdalashmay ham kelaveradi. Rizq. Muhabbat. Baxt…
Ilohim shu uch mehmon uyingizni hech qachon tark etmasin! Oʻzingizni ehtiyot qiling! Bolalar kabi hayrat ila yashang, hayotdan zavqlanishni oʻrganing.
Dildora MAVLYANOVA tayyorladi.