Qon bosimini qanday qilib toʻgʻri oʻlchash mumkin?

0
492
views

Koʻpchilik qon bosimini uy sharoitida  oʻlchab turadi. Albatta, uning qoidalarini ham bilishni istashadi. Bu haqida koʻp savol berishadi.

Tartiblari quyidagiday: Qon bosimini oʻlchashdan oldin 5-10 daqiqa tinch, osoyishta oʻtiring.  Tez-tez yurib kelgach yoki yugirib kelgach  ham oʻlchash mumkin emas. Chunki,  yurak tez-tez urayotgan payt boʻladi.  Yarim soat oldin chekmaslikka yoki kofe ichmaslikka harakat qiling. 

 Oʻtirgan holatda manjetni tirsakdan 2 — 2.5 sm teparoqqa qoʻying. Manjetni qattiq qisib oʻrash mumkin emas. Ikkita barmoq sigʻadigan joy qoldirib, manjetni mahkamlang.

Qoʻlingizni tekis yuzaga qoʻying. Qon bosimini oʻlchash paytida tik holda oʻtiring, oyoqlarni chalishtirib oʻtirish,  suhbatlashish mumkin emas.

Shoira BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here