Ramazon taqvimi: 2022 yil

0
31518
marta koʻrilgan.

Assalomu alaykum, qadrdon yurtdoshlar! Yaqinlashib kelayotgan  Ramazon oyingiz muborak boʻlsin! Ollohim yurtimizga, xonadonlarimizga qut-baraka yogʻdirsin!

Yaratgan egam butun jahon ahlini, jumladan oʻzbek xalqini tojdor virusdan, yomon koʻzdan, yomon soʻzdan  asrasin! Bugungi pandemiyaning sinovli kunlaridan keyin har birimizni siylovli damlarga, saodatli onlarga  yetkazsin! Duoda boʻling azizlarim! Ollohim iltijolarimizni ijobat qilsin!

Roʻza tutish yaʼni ogʻiz yopish duosi:

Navaytu an asuvma sovma shahri ramazona minal fajri ilal magʻribi, xolisan lillahi taʼala Allohu akbar.

Maʼnosi: Ramazon oyining roʻzasini subhdan to kun botguncha tutmoqni niyat qildim. Xolis Alloh uchun, Alloh buyukdir.

Iftorlik yaʼni ogʻiz ochish duosi:

Allaohuma laka sumtu va bika aamantu va aʼalayka tavakkaltu va aalaa rizqiqa aftortu,fagʻfirli, zunubiy yaa Gʻaffaru maa qoddamtu va maa axxortu.

Maʼnosi: Yo Alloh Senga imon keltirib, Senga tavakkal qilib, Sen uchun roʻza tutdim. Sen bergan rizqing bilan iftor qildim. Ey gunohlarni kechirguvchi Zot! Mening oldingi va keyingi gunohlarimni kechir. Omin!

Ramazon oyi uchun tavsiyalar:

 Ramazon oyida har kecha ikki rakaat tahajjud namozi oʻqib qoʻying!  Shunda Qadr kechasini topsangiz ming oy tahajjud oʻqiganlikdan koʻra ham afzal savobga erishasiz…

 Ramazon oyida har kecha alohida uch bora «Ixlos» surasini oʻqib qoʻying!  Shunda Qadr kechasini topsangiz ming oy Qurʼon xatm qilganlikdan koʻra ham afzal savobga erishasiz…

 Ramazon oyida har kecha imkon topib, maʼlum mablagʻni sadaqa qilib qoʻying!  Shunda Qadr kechasini topsangiz ming oy sadaqa qilganlikdan koʻra ham afzal savobga erishasiz…

 Qadr kechasi ming oydan koʻra yaxshidir! (Qadr surasi, 3-oyat).

Ramazon oyi muborak boʻlsin!

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.