RASMIY BAYONOT: bugundan 65 yoshdan oshgan fuqarolar koʻchaga chiqishi taqiqlanadi

0
147
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov: 
 
Ushbu kasallikdan sogʻayib reabilitatsiya markazlariga oʻtkazilgan bemorlarning soni 12 nafarga yetgani haqida xabar bergan edik. Oʻylaymizki, bunday tadbirlar davom etadi. Eng asosiysi, har birimiz karantin tadbirlariga toʻliq rioya qilishimiz va uyda qolishimiz kerak.
 
Bugundan 65 yoshdan oshgan fuqarolar koʻchaga chiqishi taqiqlanadi. Ehtiyoj yuzasidan oziq-ovqat mahsulotlari yoki dori-darmonga chiqish hollari bundan istisno. Kasallikning koʻpayish surʼati ortib ketmasdan, vaziyat murakkablashmasdan turib, har birimiz ehtiyotimizni qilishimiz shart. Imkon qadar ortiqcha muloqotlarni kamaytirsak, koʻchaga chiqmasak, barchamiz uyda qolsak, kasallik tarqalishining oldini olgan boʻlamiz. 
 
 
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.