Respublika boʻylab “Kelajak liderlari” klubiga aʼzolik uchun saralash boshlandi

0
479
marta koʻrilgan.

Respublika boʻylab “Kelajak liderlari” klubiga aʼzolik uchun saralash boshlandi. Ushbu klubdan maqsad u  davlat xizmatiga zahira kadrlarni shakllantiradi.

Salohiyatli yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlash, ularda liderlik koʻnikmalarini shakllantirish, yosh kadrlarni seleksiya qilish maqsadida Samarqandda tajriba tariqasida faoliyati yoʻlga qoʻyilgan “Kelajak liderlari” klubi endilikda respublikamizning barcha hududlarida ochiladi. Bu haqda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Axborot xizmati maʼlum qildi.

Klub Agentlik, hududiy hokimliklar, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilmoqda. Klubga aʼzolik 4 bosqichda, (saralash, test, esse yozish, suhbat) ochiq tanlov orqali amalga oshirilmoqda.

Bugun barcha hududlarda tanlovning ikkinchi bosqichi — test jarayonlari boshlandi.

Har bir hudud uchun 50 nafargacha nomzod Klub aʼzoligiga qabul qilinadi. Ularning Keyinchalik  maxsus Dastur asosida aʼzolarning malakasi oshiriladi.

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Axborot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.