Kecha AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori birinchi oʻrinbosari Botirjon Qurbonov ishtirokida oʻtkazilgan brifingda quyidagi muhim maʼlumotlarga eʼtibor qaratildi.
Respublika maxsus komissiyasining qarorlariga asosan bugungi kungacha “yashil” zonada 29ta, “sariq” zonada 27 ta va “qizil” zonada 19 ta xizmat faoliyat turlariga ruxsat etildi.
Barcha sanitariya-gigiyena talablariga amal qilgan holda, sartaroshxona va «goʻzallik salonlari» hamda yoʻnalishsiz taksilarning oʻz ish faoliyatini davom ettirishiga ruxsat berilgan.
Afsus, karantin qoidalariga qatʼiy rioya etilmaganligi oqibatida Samarqand va Navoiy viloyatlarida soʻnggi ikki haftada kasallikning biroz koʻtarilishi kuzatildi.
22 may kuni koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar 69 nafar bemorning 46 nafari aholi orasida qayd etilgan. Ulardan 24 nafari Samarqand, 15 nafari esa Navoiy viloyatiga toʻgʻri keladi.
Talab: Ayni holatda nafaqat Navoiy yoki Samarqand viloyatlari, balki yurtimizning barcha hududlaridagi aholi ham xushyor boʻlishlari, bundan toʻgʻri xulosa chiqarishlari talab etiladi.
Uyda qoling, karantin talablariga rioya qiling!