«Sariq» rangli hududlarda sunʼiy futbol maydonlarida sport bilan shugʻullansa boʻladimi?

0
171
marta koʻrilgan.

 AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidlemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi Nurmat Otabekov ishtirokida  oʻtkazilgan brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

SAVOL: Vodiylikmiz, Zomin sanatoriysiga yoʻllanma olganmiz. Shaxsiy mashinada borsak boʻladimi?

JAVOB: Agar «putyovka»ngizda pasport maʼlumotlari, Zomin sanatoriysida davolanish uchun shifokor tomonidan berilgan sanator-kurort kartasi hamda 3 kun oldin koronavirusga topshirilgan test natijalari koʻrsatmalari boʻlsa, bemalol borishingiz mumkin.

SAVOL: Yevropalik mutaxassislar koronavirus infeksiyasining agressivligi mart oyiga qaraganda havo isishi tufayli pasayganinin aytishmoqda. Oʻzbekistonda ahvol qanday?

JAVOB: Boshqa davlatlardaki kabi Oʻzbekistonda ham kasallik birmuncha kamayganini kundalik kuzatuvlardan koʻrib borayapmiz. Bunga virus agressivligining pasayishi emas, aksincha insonlarda shu virusga nisbatan «oʻzini-oʻzi himoya qilish» yaʼni kurashish qobiliyati paydo boʻlgani va virusga nisbatan betinim olib borilayotgan karantin choralari sabab boʻlmoqda.

Ob-havoning isib ketishi ham qaysidir darajada taʼsir etgan boʻlishi mumkin.

SAVOL: Koronavirusga chalingan bemorlarda kasallikdan keyingi asosratlar qanday boʻladi?

JAVOB: Davolangan odamlar uchun koronavirusning oqibatlari bir nechta omillarga bogʻliq: insonning immuniteti va surunkali kasalliklar.

Sogʻaygandan keyin bir necha hafta davomida quyidagi asoratlar uchrashi mumkin:  tez yurish, zinapoyaga chiqishda yoki jismoniy zoʻriqqanda nafas qisilishi;   isitmasiz va balgʻamsiz yoʻtal;  surunkali kasalliklarning kuchayishi.

Shuning uchun davolangandan soʻng immunitetni kuchaytirishga, vitaminlarga boy oziq-ovqat maxsulotlarini isteʼmol qilishga, kunda bir necha bor nafas gimnastikasini bajarishga va xonalarni doim shamollatib turishga ahamiyat berish kerak.

SAVOL: Agar kasallik yuqtirgan bemor boshqa viloyatdan boʻlsa, kasallik sonini hisobga olishda bemor doimiy yashash joyi inobatga olinadimi yoki yuqtirgan hududi?

JAVOB: Kasallik qayerda aniqlansa, oʻsha hududda roʻyxatga olinadi.

SAVOL: Chet davlatda koronavirusga chalinib davolanib chiqqan fuqaro Oʻzbekistonga qaytsa, yana karantinga olinadimi?

JAVOB: Bosh davlat sanitariya shifokorining 4-sonli qaroriga binoan, davlatimiz chegarasidan kirib kelgan har bir fuqaro 14 kunga karantinga olinadi, 10-kuni koronavirusga tahlil topshirib, natijasi «manfiy» boʻlsa 14-kuni uyiga ruxsat beriladi.

SAVOL: «Sariq» rangli hududlarda sunʼiy futbol maydonlarida sport bilan shugʻullansa boʻladimi?

JAVOB: Boʻladi, bunga ruxsat berilgan, faqat karantin qoidalariga rioya etgan holda.

SAVOL: Pirometr yoʻq boʻlsa, fitnes zalga keluvchilar uchun individual simobli termometrdan foydalanish mumkinmi?

JAVOB: Individual simobli termometrdan foydalanilganda har bir keluvchidan keyin dezinfeksiya qilish zarur, bunday termometrlarni har bir klub aʼzosi uchun alohida sotib olish kerak boʻladi. Shunga koʻra, pirometr sotib olish maqsadga muvofiq.

SAVOL: Nega «sariq» hududlarda ijtimoiy masofani saqlash, niqob taqish va gigiyenaga rioya qilishga majbur qilib boʻlmaydigan bolalar uchun guruhda 15 tagacha bola bilan bogʻchalar ochilishi mumkinu, barcha gigiyena qoidalariga rioya qila oladigan niqob taqadigan abituriyentlar 10 tadan boʻlib oʻquv markazlariga borishlari mumkin emas?

JAVOB: Hozirda koʻplab korxona, muassasa va tashkilotlar faoliyati tiklanmoqda. Ota-onalar ishlashlari uchun bolalar bogʻchasi ishlashiga ruxsat berilmoqda. Abituriyentlar esa onlayn rejimda oʻqishlari mumkin.

Manbaa:@aoka_uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.