Savol:  Axloq oʻzi nima? Jamiyatga taʼsiri qanday?

0
5176
marta koʻrilgan.

Javob: Axloq, xulq va atvor soʻzlari arabcha soʻz boʻlib, ular oʻzbek tilida ham oʻz maʼnosida ishlatiladi. Axloq nima oʻzi? Axloq – ijtimoiy ong formasi boʻlib, ijtimoiy hayotning hamma sohalarida insonning xulq-atvorini yoʻlga solib turadigan prinsiplar, talablar, normalar va qoidalar majmuidan iborat. Axloqda jamiyatda tarkib topgan «yaxshilik», «sharaf», «vijdon», «adolat» singari tushunchalarda mustahkamlangan odamlar xulq atvori, normalari aks etadi. Bu axloqiy tushunchalarning hammasi ham baholanuvchi xarakterga ega.

Yosh avlodning axloqiy tarbiyasida axloqiy ong va axloqiy tuygʻularni shakllantirishgina emas, balki eng muhimi – oʻquvchilarni ularning maʼnaviy munosabatlari namoyon boʻladigan faoliyatning har xil turlariga jalb etish mumkin. 

Axloqiy munosabatlar – bu jamiyatga, mehnatga, odamlarga va qolaversa har bir kishining oʻziga munosabatidir.

Jamiyat taraqqiyoti tarixi  shuni koʻrsatadiki, faqat maʼnaviyat  keng quloch yoygan, ilm taraqqiy etgan mamlakatlardagina adolatli jamiyat qurish va unda bir biriga mehr- oqibatli kamil insonlar shakllanishi mumkin. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi va bunyodkorlik, yaratuvchilik ishiga ezgulikka  intilishi kuchli boʻladi .

Axloq insoniyat maʼnaviy madaniyatining koʻrinishlaridan biri boʻlib, u kishilarning  tarixiy tarkib topgan xulq atvori va yurish turishini ifodalaydigan, ularning bir-biriga va jamiyatga munosabatini aks ettiradigan muayyan qoidalar yigʻindisidir.

Orif Avlayev,

ToshDAU   “Oʻzbek tili, pedagogika

va psixologiya” kafedrasi dotsenti

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.