Shifoxonaga borganda koronavirus infeksiyasiga tekshirilganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma soʻralishi toʻgʻrimi?

0
141
marta koʻrilgan.

 AOKA shtabida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Botir Qurbonov ishtirokida  boʻlib oʻtgan brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

SAVOL: Davolanish uchun shifoxonaga borganda koronavirus infeksiyasiga tekshirilganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma soʻralishi toʻgʻrimi?

Javob: Yoʻq, davolash-profilaktika muassasalariga davolanishga va tugʻruq majmualariga qabul qilishda koronavirus kasalligiga tekshirish TALAB QILINMAYDI.

Faqat koronavirus yuqish ehtimoli yuqori boʻlgan quyidagi shaxslardan biologik namuna olinib, oʻrnatilgan tartibda tekshirilishi belgilangan:  bemor bilan birlamchi (yaqin) muloqotda boʻlgan shaxslar;  ikkilamchi muloqotda boʻlgan shaxslar;  xorijiy davlatlardan kelgan shaxslar;  tibbiyot xodimlari.

SAVOL: Nega Toshkent shahri bemorlar soni koʻpligiga qaramay, «sariq» hudud boʻlib qolmoqda? Mart-aprel oylarida kunlik kasallar soni hozirgidan kam boʻlsa-da, qatʼiy karantin choralari qoʻllanilgandi?

Javob: Toshkent shahrida kasallik qayd etilgan mahalla, mavze, daha va yirik obyektlar boʻyicha karantin cheklovlari oʻrnatilmoqda. Unga koʻra:  jami 513 ta mahalla fuqarolar yigʻinidan 42 tasi — «qizil» hudud; 132 tasi — «sariq» hudud;  339 tasi — «yashil» hududga ajratilgan.

Toshkent shahri poytaxt ekanligi hisobga olinib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlari va harakatlariga taʼsir qilmay, tadbirlarni manzilli belgilash tizimli tarzda amalga oshirilmoqda.

SAVOL: «Yashil» hududda tibbiy niqob taqmasa boʻladimi?

Javob: Respublika maxsus komissiyasi xulosasiga koʻra, hududlarda toifalanishidan qatʼiy nazar quyidagi tartibga rioya qilinishi shart:  jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati obyektlarida ijtimoiy masofani (2 metr) saqlash;  fuqarolarning tibbiy niqobdan foydalanishlari shart;  uch kishidan ortiq yigʻilmaslik; antiseptik vositalardan foydalanish.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.