Mumkin. Mamlakatimizda inson huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida” gi qonunining 32-moddasida, shaxs oʻz murojaatini u koʻrib chiqilguniga qadar va koʻrib chiqilayotgan paytda murojaat boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoki elektron shaklda ariza berish yoʻli bilan chaqirib olishi mumkinligi belgilangan.
Biroq yana bir huquqiy norma mavjud. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida” gi qonunining 30-moddasida murojaatni chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrilishini istisno etmaydi deyilgan. Yaʼni, Siz kimnidir firibgarlikda yoki boshqa bir huquqbuzarlikda ayblab tegishli joyga ariza berib, keyin fikringiz oʻzgarib arizangizni qaytarib olsangiz xam uni firibgarligi yoki boshqa huquqbuzarligi arizangizni koʻrgan organ tomonidan tekshirilishi mumkin.
Agar haqiqatdan xam arizangizda koʻrsatilgan odam huquqbuzar boʻlib chiqsa, unga chora koʻriladi. Bunday holatda endi arizangizni qaytarib olishingiz befoyda.
gujum.uz