Sifatli kiyim – kechak tanlashni bilasizmi?

0
2218
marta koʻrilgan.

Sifatli kiyim – kechak olish qanday mezonlarga qarab baholanadi. Koʻpchilik bunga qiziqadi, albatta. Ayniqsa bolalarga kiyim -kechak sotib olayotganda eʼtiborli boʻlish lozim.

1-maslahat: Agar siz paxtadan tayyorlangan kiyim kechak olmoqchi boʻlsangiz gazlamaning burchagini kaftingizda mahkam siqing. Agar gazlama gʻijimlanib qolsa, demak u – tabiiy mato emas. U birinchi yuvishdan keyin oʻz koʻrinishini yoʻqotadi va eskidek boʻlib koʻrinadi.

2-maslahat: Tikishning mahkamligini bilish uchun choklarini tekshiring. Agar gazlamani choklangan joyidan tortsangiz, unda koʻz oldingizda tikishning sifati aks etadi. Tikishlari tigʻiz va  choklari mahkam boʻlsa, bu kiyimlar sifatining yaxshiligini bildiradi. Sifatsiz mahsulotlarni choʻzganda  ochiq joylar boʻladi  va ular tortilganda choklar uziladi.

3-maslahat: Buyumning qayrilgan joyiga eʼtibor bering. U shim va yubkalarda 4 smdan kam boʻlmasligi, bluzka va koʻylaklarda – 2 sm gacha boʻlishi kerak. Agar qayrilgan joyi kichikroq yoki umuman yoʻq boʻlsa, kiyimning chekkasi overlok qilingan boʻlsa, unda bu buyumning sifati pastligidan darak beradi.

4-maslahat: Gazlama tortilganidan keyin oʻz shakliga qaytish xususiyatini tekshiring. Matoni biroz torting va yana darrov qoʻyib yuboring. Agar u choʻzilsa va yana oʻz shakliga qaytsa, unda bu sifatli gazlama ekanligidan dalolat beradi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.