Sogʻligimizni xalqona usulda tekshiramiz

0
139
marta koʻrilgan.

Oʻz vujudingizga quloq tutishni bilasizmi? Bu juda oddiy.

I. Koʻzingizning ostki va ustki qismlariga qarang Agar mayda yogʻli donachalar boʻlsa, sizda XOLESTERIN miqdori yuqori darajadaligini bildiradi.

II. Bir varoq qogʻozni qoʻlingizni oldinga choʻzib, yerga qaratilgan kaftlaringiz ustiga qoʻying. Agar titroq sezsangiz, sizning ENDOKRIN tizimingizda muammo bor.

III. Shamni yoqib, 1 metr uzoqlikdan turib, puflang. Agar osonlik bilan oʻchira olsangiz, sizning OʻPKAngiz toza. Shamni qanchalik yaqin masofadan oʻchirsangiz OʻPKAngizdagi muammo boʻladi.

IV. Tanangizning zaharlanish darajasi qay ahvolda ekanligini tekshiring. Ikki qoʻlingiz kaftlarini koʻkrak qafasingizda birlashtiring. Agar qoʻllaringizda toʻgʻri burchak hosil boʻlsa tanangizda TOKSINlar ZAHARLANISH juda ham kamligini bildiradi.

V. BIOLOGIK YOSHni aniqlash usuli.

Oʻng oyogʻingizda turib chap oyogʻingizni 10 sm ga koʻtaring va qoʻllaringizni yon tomonga choʻzib, koʻzni yuming.  Qancha tura olasiz sanang!

30 soniya tura olsangiz, 20 yoshdasiz.

25 soniya tura olsangiz, 30 yoshdasiz.

20 soniya tura olsangiz, 40 yoshdasiz.

10 soniya tura olsangiz, 60 yoshdasiz.

Endi oʻzingizni ogʻligingizni tekshiring. Iloji boricha  ochiq havoda boʻling.  Chuqur-chuqur nafas oling.  Jismoniy mashqlar bilan shugʻullaning. Ushbu tabiat qoʻynidagi sayr kayfiyatni koʻtaradi. Kayfiyati baland insonga dard yuqmaydi.

Tibbiyot fanlari nomzodi Shoira BEKCHANOVA tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.