Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi maʼlumotiga koʻra ayni vaqtgacha Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 4 taga oshib, 149 nafarni tashkil etmoqda.
Ushbu infeksiya 2 nafar andijonlik (ayollar), 1 nafar fargʻonalik (erkak) va 1 nafar toshkentlik (erkak) fuqarolarda aniqlandi.
Aziz yurtdoshlar oʻzingizni va oilangizni asrang. Uyda yaqinlaringiz davrasida boʻsh vaqtlaringizni koʻngilli oʻtkazing! Bu bilan yurtimizni va butun jahonni kasallik balosidan asrashga munosib hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Yaxshi kitob, internet orqali jismoniy mashq, xush navo, oʻz qoʻlingiz bilan tayyorlangan xushtaʼm ovqatlar, servitamin ona yurt neʼmatlari kundalik hamrohingiz boʻlsin. Asosiysi qoʻl yuvishni unitmang. Eshik dastaklarini, idishlarni spirt ila tozalab turing. Ruhiyatingizni, kayfiyatingizni bu usullar yuksaltiradi. Sogʻlom turmush tarzidan kasallik chekinadi. Saytimiz jamoasi barchaga ezgu-tilaklar bildirib qoladi.
Kayfiyat uchun shoira Farida AFROʻZ sheʼri:
Ayolni sev,
ayolga yolbor,
Ming bir kecha ertaklaring ayt,
Alpomishlar tugʻib beradi.
Ayolni sev,
ostonasin oʻp,
Qasr qurma, koʻnglini soʻra.
Balo kelsa, turib beradi.
Ayolni sev,
oʻlaman degil,
Ishq yaratgan parvardigordan,
Senga umr soʻrab beradi.
Oʻzni asrash -dunyoni asrashdir!