Ayni kunlarda karantin talablari yumshatilib, tarnsport vositalari – metro faoliyati, taksi, avtobuslar harakati yoʻlga qoʻyildi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, xavfsizlikni taʼminlash maqsadida taksi bilan shugʻullanuvchilar uchun maxsus talablar mavjud. Masalan, haydovchi va yoʻlovchini kasallik yuqtirishidan himoyalash maqsadida shaffof plastik yoki klyonka bilan avtomashina saloni ikkiga ajratilgan boʻlishi kerak.
Yoʻlovchilar mashinani orqa saloniga oʻtirishgani maqsadga muvofiq boʻlib, bu bilan maʼlum masofalanish imkoniyati yaratiladi.
Shu bilan birga, karantin talablariga rioya qilgan holda yoʻlovchi va haydovchi niqoblarda va qoʻlqoplarda boʻlishlari shart. Haydovchi niqobni har ikki soatda almashtirish tartib – qoidasiga rioya qilishi lozim.
Shuningdek, avtomashina haydovchisi doimiy ravishda antiseptik vositalardan foydalanishi va taksi salonini tez-tez belgilangan vositalar bilan ishlov berib turishi maqsadga muvofiqdir.
Eng yaxshi tavsiya manzil yaqin boʻlsa, piyoda yurgan maʼqul. Piyoda yurish salomatlik garovidir.
R. SAPAYEVA tayyorladi.
Tahririyatdan: Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi granti asosida uyushtirildi.