Talofat koʻrgan hududlarda tozalash ishlari toʻliq yakuniga yetdi

0
114
marta koʻrilgan.

AOKA huzuridagi shtabda Milliy gvardiya axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarov ishtirokida oʻtkazilgan brifingdan maʼlumot:

Talofatlarni bartaraf etish ishlariga 2 535 nafar shaxsiy tarkib safarbar etilgandi.

 Sirdaryo viloyati boshqarmasidan tashqari barcha boʻlinmalar 1 iyun kuni xizmat joylariga qaytarildi.  Sardoba suv toshqini oqibatida talofat koʻrgan hududlarda tozalash ishlari toʻliq yakuniga yetkazildi.

Evakuatsiya qilingan fuqarolar joylashgan 15 ta obyekt (2 506 nafar fuqaro) Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan qoʻriqlanmoqda.

Qurilish va taʼmirlash ishlariga respublikaning 13 ta shahar va viloyatidan jami 10 700 nafar quruvchi Oqoltin, Sardoba va Mirzaobod tumanlaridagi 20 ta obyekt va 12 ta aholi yashash punktidagi xonadonlarga joylashtirilgan.

Har xil turdagi 784 ta hujjat va 4 598 bosh tirik qoramol topilib, egalariga qaytarildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.