Telegram foydalanuvchilari yangi firibgarlik sxemasiga duch kelishdi

0
115
marta koʻrilgan.

Telegram foydalanuvchilari yangi firibgarlik sxemasiga duch kelishdi, bunda onlayn soʻrovnomada ishtirok etish, ovoz berishni tasdiqlash uchun foydalanuvchidan shaxsiy maʼlumotlarini kiritish soʻraladi, shundan soʻng firibgarlar akkauntga kirish huquqiga ega boʻladi.

 «Soʻnggi vaqtlarda telegram-akkauntni «oʻgʻirlash»ning yangi usullari koʻpaymoqda. Bu — eng xavfli turlaridan biri. Yaʼni, Sizga tanishlaringizdan, kontaktlaringiz roʻyxatidan kimdir qandaydir onlayn soʻrovnomada ishtirok etishni iltimos qiladi va saytga havola yuboradi.

 Ovozlar sonini hisoblash uchun Siz telefon raqamingizni va tasdiqlash kodini kiritishingiz kerak boʻladi. Shu tariqa firibgar akkauntingiz boshqaruvini qoʻlga oladi», — deyiladi (https://www.kaspersky.ru/blog/telegram-takeover-contest/34472/) «Kasperskiy laboratoriyasi» kompaniyasi xabarida.

 Hech qachon tekshirilmagan havolalarga, veb-resurslarga shaxsiy maʼlumotlaringizni, bank kartangiz maʼlumotlarini va SMS tarzda joʻnatilgan tasdiqlash kodini kiritmang.

Ehtiyot boʻling, firibgarlar tuzogʻiga tushib qolmang!

Manbaa: AOKA kanali

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.