Test sinovlariga kelmagan abituriyentlar keyingi guruh bilan imtihonga kiritilishi mumkinmi?

0
294
marta koʻrilgan.

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi Bosh boshqarma boshligʻi Barno Rajabov ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda oliy taʼlim muassasalariga test sinovlarining birinchi kuni yakunlari boʻyicha hisobot taqdim etildi.

Test sinovlarining birinchi kunida ikki smenada jami 71 ming 340 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan, 68 ming 736 nafari test sinovlarida ishtirok etdi, 2538 nafar abituriyent turli sabablarga koʻra test sinovlariga kelmadi.

Imtihonga kelmagan eng koʻp abituriyent soni Toshkent shahrida kuzatildi — 734 nafar. Eng kami — Navoiy viloyatida 53 nafar abituriyent turli sabablarga koʻra test sinovlarida ishtirok etmagan.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 13 nafar abituriyent hududga kirish joyida, 53 nafar test sinovlari paytida chetlashtirildi.

Test sinovlarini oʻtkazishga taʼlim muassasalaridan 2 ming 622 nafar guruh nazoratchilari jalb etilishi belgilangan. Shundan, 46 nafari ishtirok etmadi.

Barno Rajavobning alohida qayd etishicha, test sinovlari belgilangan reja asosida oʻtkazilmoqda va oʻtkazish jarayonida hech qanday koʻngilsiz hodisalar roʻy bermadi. Toshkent shahri va viloyatlarda test sinovlari vaqtida kondetsioner, monitor va kameralar yoki boshqa uskunalarning ishlamay qolgani, nosozlik roʻy bergani haqida hech qanday maʼlumot kelib tushmagan.

«Ayrim sabablarga koʻra test imtihonlariga kela olmagan abituriyentlar bizga murojaat qilishmoqda. Biz ularning  sabablarini tahlil qilgan holda Davlat qabul komissiyasiga taklif berganmiz. Agar ruxsat berilsa, balki ular keyingi test sinovlarida ishtirok etishi mumkin. Ammo shuni alohida qayd etish kerakki, test sinovlariga kelmagan abituriyentlarning imtihonga kiritilishi hech qanday meʼyoriy hujjatda yoʻq» — dedi Rajabov. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.