Toshkent shahrida doimiy roʻyxatga olish qachondan boshlab amalga oshiriladi?

0
183
marta koʻrilgan.

AOKA huzuridagi shtabda Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova ishtirokida  oʻtkazilgan brifingda Toshkent shahrida doimiy roʻyxatga olish yuzasidan berilgan savollarga javob qaytarildi. Ushbu suhbatlar ayniqsa, poytaxtda yashashni orzu qiluvchilarga juda asqatadi.

SAVOL: Qachondan boshlab Toshkent shahrida doimiy roʻyxatga olish YAIDXP yoki Davlat xizmatlari markazi orqali amalga oshiriladi?

JAVOB: Toshkent shahrida doimiy roʻyxatga olinishi mumkin boʻlgan fuqarolar 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab doimiy roʻyxatdan oʻtishni rasmiylashtirish uchun YAIDXP yoki Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilishi mumkin.

Quyidagi toifadagi fuqarolarning Toshkent shahrida doimiy roʻyxatdan oʻtishi YAIDXP yoki Davlat xizmatlari markazi orqali amalga oshiriladi:  1-band — Qonun hujjatlariga muvofiq olingan uy-joyga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — xususiy mulk qilib olingan uy-joyga, 6-band — Toshkent shahrida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar — ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda,  7-band — Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar — ular Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.

SAVOL: 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab amalga kiritiladigan yangi tartibga asosan Toshkent shahrida doimiy roʻyxatdan oʻtmoqchiman, karantin sababli avvalgi yashash joyimdan roʻyxatdan chiqib kelishim muammo boʻlib turibdi. Nima qilsam boʻladi?

JAVOB: 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab fuqarolarni doimiy roʻyxatga olishda avvalgi doimiy yashash joyidan roʻyxatdan chiqish talab qilinmaydi. Asos — Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 maydagi 320-son qarori.

SAVOL: Yangi tartibga muvofiq doimiy roʻyxatdan oʻtganda keyinchalik qanday qilib pasportga shtamp qoʻydirish mumkin?

JAVOB: 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab fuqarolarning pasport va boshqa hujjatlariga roʻyxatga olish shtampini bosish bekor qilinmoqda.  Asos — Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 maydagi 320-son qarori.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.