AOKA anjumanlar zalida taʼlim sohasiga oid eng soʻnggi yangiliklar yuzasidan boʻlib oʻtgan onlayn-brifingda Davlat test markazi direktori Madjit Karimov muhim savol va murojaatlarga javob qaytardi.
SAVOL: 2019 yildagi kabi test sinovlarida yozuvsiz xarita, jadval, rasmli koʻrinishidagi test topshiriqlari qoʻllaniladimi?
JAVOB: Ha, joriy yilda ham tarix, geografiya, chet tili (ingliz, nemis, fransuz), biologiya va kimyo fanlaridan rasmli test topshiriqlari boʻladi.
SAVOL: Test natijasini eʼlon qilish tartibi oʻzgardimi?
JAVOB: Yoʻq. Natijalarni test sinovlari oʻtkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazi rasmiy (www.dtm.uz) veb saytida bilish mumkin.
SAVOL: Uchta taʼlim yoʻnalishida taʼlim shakllarini har xil tanlash imkoniyati bu yil ham bormi?
JAVOB: Bor. Tanlangan barcha taʼlim yoʻnalishlarida taʼlim shakli va taʼlim tili bir xil boʻlishi shart.
SAVOL: Ingliz tili boʻyicha V2 darajasi test sinovlari qachon oʻtkaziladi?
JAVOB: Respublika maxsus komissiyasi tomonidan karantin cheklovlari qoidalari bekor qilinganda yoki ruxsat berilganda.
SAVOL: Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi uchun OTMlarga kirish imtihonlarida chet tili boʻyicha test topshiriqlari darajasi qanday boʻladi?
JAVOB: OTM kirish test sinovlarida chet tili fanidan V1 darajadagi test topshiriqlari beriladi.
Manbaa: @aoka_uz