Jahon tadqiqotchilarining aniqlashicha, kishilar tom maʼnoda oʻttiz yoshdan soʻnggina ulgʻayar ekan. Bu yoshgacha esa hali “bola” sanaladi, deb yozadi, BBC xizmati.
Koʻpgina davlatlarda yoshlar 18 ga toʻlgandan soʻng “voya yetgan” hisoblanib, jamiyatda “ovoz” berish huquqiga ega boʻladilar, turli hatti-harakatlari uchun tegishli javobgarlikka tortiladilar. Lekin miya va asab tizimini oʻrganuvchi Kembrij Universiteti olimlarning soʻnggi tadqiqotlariga koʻra, ushbu yoshda odamlar miyasida hali ham oʻsish, rivojlanish jarayoni kechayotgan boʻlar ekan. Bu esa odamlar xali bu yoshda toʻliq ratsional fikrlay olmasligiga dalolat, deb hisoblaydi ular.
Kembrij Universiteti professori Piter Jonesning aytishicha, tajribali sudya 19 yashar jinoyatchi bilan 30 yoshdan katta jinoyatchilarning fikrlash tarzida farq borligini taʼkidlagan.
“Ulgʻayish” jarayoni yillar davomida kechib, turli kishilar turli yoshda tom maʼnoda ulgʻayadi, deya xulosa chiqaradi tadqiqotchilar.
Shu sababli Piter Jonesning fikricha, 18 yoshdan avvalgi davrni “bolalik” va undan keyingi davrni “voyaga yetgan” deb chegaralanishi notoʻgʻri boʻlar ekan.
Oydin SAʼDULLAYEVA tayyorladi.