Umumiy ovqatlanish joylariga 15 iyundan ruxsat berilyapti, bunda nimalarga rioya qilish kerak?

0
153
marta koʻrilgan.

 AOKA shtabida Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara Oʻrinboyeva ishtirokida oʻtkazilgan brifingda  muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi.

SAVOL: 15 iyundan umumiy ovqatlanish joylariga ruxsat berildi. Bunda nimalarga rioya qilish kerak?

JAVOB: Umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyati tiklanishiga quyidagi talablar belgilandi:

• banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga yoʻl qoʻymaslik;

• faoliyatini 8:00 dan 23:00 ga qadar tashkil etish;

• stollar oraligʻidagi 2 metrdan kam boʻlmagan ijtimoiy masofani taʼminlash;

• bir stol atrofida 4 kishidan koʻp boʻlmagan (10 kishidan koʻp boʻlmagan bir oila aʼzolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish;

• xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qoʻlqopda boʻlishi;

• har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash.

SAVOL: Shu yil oʻqishni tamomlayapman, ishga joylashish uchun qanday hujjatlar taqdim etishim kerak?

JAVOB: Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etishadi:

✔️pasport yoki uning oʻrnini bosadigan boshqa hujjat, oʻn olti yoshgacha boʻlgan shaxslar esa, — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va turar joyidan maʼlumotnomani;

✔️mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno

✔️ oʻrindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi oʻrniga asosiy ish joyidan olgan maʼlumotnoma;

✔️harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishincha harbiy biletni yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma;

✔️oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurtini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi diplom yoxud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnoma yoki boshqa tegishli hujjatlar.

 Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida koʻrsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Agar ishga kirayotgan shaxsning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati haqiqiy boʻlmasa, uni ishga qabul qilish rad etilishi mumkin.

Manbaa: @aoka_uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.