UY BEKALARIGA MASLAHAT

0
413
marta koʻrilgan.

Uy bekalariga maslahatlar berishni soʻrab maktub yoʻllashibdi. Darhaqiqat, oshxona bekalari oʻrgansa arziydigan mayda-chuyda hisoblangan aslida, katta ahamiyatga ega  foydali  mashgʻulotlari ham mavjud.

Kumush yoki nikellangan anjomlarni tozalash uchun, ularni oldin sovunli issiq suvda yuviladi. Tozalangan boʻr va nashatir spirt aralashmasidan surkab qoʻyiladi. Quritilgandan keyin quruq latta bilan yaxshilab artiladi.

Yangi tovani ishlatishdan oldin uni yogʻ bilan qattiq qizdirib, tuz bilan ishqalanadi.

Pichoqlarni boshqa temir anjomlardan alohida saqlagan maʼqul. Chunki temir anjomlarga tegib oʻtkirligi yoʻqoladi.

Tuxum oqi yaxshi koʻpirishi uchun unga bir chimdim tuz qoʻshib chayish kerak.

Tuxum aralashmasi, xamir tayyorlashda, sut qaynatganda ishlatilgan idishni oldin sovuq, keyin issiq suvda yuvish kerak.

Kartoshka qaynatilgandan keyin uni sovuq suvga olinsa, poʻsti tez koʻchadi.

Lavlagi va yashil noʻxatni tuzlangan suvda qaynatilmaydi. Chunki lavlagi shirin taʼmga ega boʻlgani uchun ham tuzli suvda taʼmi oʻzgaradi, noʻxat esa tuzli suvda yaxshi pishmaydi.

Kotlet, goʻsht yoki baliq qovurishdan oldin tovani yaxshilab qizdirib unga yogʻ solinadi. Olovni baland qilib qovurib yuzasi qizargandan keyin past olovda sekin qovurilsa maqsadga muvofiq boʻladi.

Qandolat mahsuloti tayyorlashda tuxum sarigʻini shakar bilan koʻpirtirilganda chinni yoki shisha idishda,  issiq joyda koʻpirtirgan maʼqul. Tuxum oqi esa salqin joyda yaxshi koʻpiradi.

Muhabbat Xoʻjamurodova tayyorladi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.