Vaksina — zamonaviy tibbiyotning eng yuksak yutugʻi, unga ishonchsizlik bildirmaylik!

0
131
marta koʻrilgan.

Oʻzbekistonda COVID-19 ga qarshi emlash jarayoniga tayyorgarlik ishlari toʻgʻrisida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati  rahbari oʻrinbosari Nurmat Atabekov quyidagilarni soʻzlab berdi:

— Ommaviy emlash tadbirlarini har tomonlama tizimli tashkil etish maqsadida  quyidagi qoʻshimcha tadbirlar amalga oshirildi:

 3 138 ta emlash punktlari va 862 ta harakatdagi tibbiy brigadalar tashkil etildi; COVAX doirasida 17 ta avtorefrijerator, 206 ta yuk tashuvchi miniven va 16 ta yengil avtotransport vositalari yetkazib berildi;  emlash jarayonida qatnashadigan 4 ming nafardan ortiq shifokorlar va 11 ming nafardan ortiq oʻrta tibbiyot xodimlari tayyorgarlikdan oʻtkazildi.  vaksinalarni qoʻllash yuzasidan oʻzbek, rus va qoraqalpoq tillarida targʻibot materiallari chop etildi.

Xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamini emlash ishlarini tizimli tashkil etish va salbiy holatlarni oldini olish maqsadida ommaviy emlash tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy yilning 1 aprelidan quyidagi tartiblarda amalga oshirish taklif etildi:

Aprel oyidan Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlaridagi 219 ta emlash punktlarida bir oyda 142,3 ming emlash oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, birinchi navbatda 65 yoshdan kattalar va koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori boʻlgan tibbiyot xodimlarini emlash; may oyidan qoʻshimcha shahar va tuman markazlaridagi 1 037 ta emlash punktlarida bir oyda 674 ming emlash oʻtkazilishi rejalashtirilgan; iyun oyidan barcha emlash punktlarida COVID-19 ga qarshi vaksinatsiya ishlari amalga oshirish rejalashtirilgan.

Bir haqiqatni tan olishimiz kerak, koronavirusga qarshi vaksina — zamonaviy tibbiyotning eng yuksak yutugʻi, unga ishonchsizlik bildirmaslik kerak. Aynan shu kabi vaksinalar sababli bugun mamlakatimiz bir qator xavfli kasalliklardan holi hudud deb eʼtirof etilgan. Koronavirusga qarshi vaksinalar ham pandemiyani yengishda asosiy omil boʻlib xizmat qiladi.

Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.