Prezidentning “Taʼlim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida yurtimizda 2019 yil 1 martdan boshlab xorijiy davlatlarda berilgan taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentligini qayd etish) tartibi joriy etilgan edi.
Unga muvofiq endilikda xorijda oliygohlarida taʼlim olib qaytgan fuqarolarimiz, Davlat xizmatlari agentligiga ariza bilan murojaat etsalar, ularning hujjatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi va 15-kun ichida koʻrib chiqiladi. Nostrifikatsiyadan oʻtgan talabaning xujjatlari tan olinib bemalol oʻz yoʻnalishi boʻyicha turli tashkilotlarda ishlash huquqiga ega boʻladi.
– Chexiya davlatidagi Praga universitetiga grant asosida oʻqishga qabul qilinib, 2016 yil oʻqishni tugatib, yurtimizga qaytdim. Menejment yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgandim. Juda koʻp tashkilotlarga ish izlab bordim koʻpchilik, diplomimni koʻrib chetda oʻqigan ekansiz, bizga diplomingiz oʻtmaydi, oʻzimizda ikkinchi mutaxassislikni oʻqib oling deyishdi. Shu-shu oʻshandan beri ish izlashni yigʻishtirib tadbirkorlik bilan shugʻullana boshlagandim. Yaqinda bir tanishim Davlat xizmatlari agentligi tashabbusi bilan xorijiy OTM diplomlarini nostrifikatsiya qilish tartibini soddalashtiruvchi qaror tasdiqlanganini aytib qoldi, – deydi A.Roʻzimatov, menejment sohasini yaxshi koʻrganim bois, hanuzgacha koʻnglimning bir chetidagi uchqun soʻnmagan edi. Zudlik bilan Davlat xizmatlari agentligiga murojaat qildim. Arizam 15 kun ichida koʻrib chiqildi va diplomim tan olindi. Endilikda men oʻz sevgan kasbimda va yurtimda ishlash huquqiga ega boʻldim.
Maftuna Roʻzimatova,
Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati
boshqarmasi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar shoʻbasi yetakchi maslahatchisi