Xorijlik blogerning Oʻzbekiston haqidagi videosi bir kunda 90 mingdan ortiq kishida qiziqish uygʻotdi

0
174
marta koʻrilgan.
Mashhur sayohatchi va bloger, dunyo taomlari shinavandasi «Sonny Side» oʻzining Youtubedagi sahifasida Oʻzbekistonning togʻli hududlarida pishiriladigan taomlar haqidagi videoni joylashtirdi. 
 
Ushbu blogerning sayohati Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi koʻmagida amalga oshirilgan boʻlib, sayyohga qoʻmita vakili Behroʻz Hamzayev hamrohlik qilgan.
 
Oʻzbekistonning togʻli hududlarida pishiriladigan taomlar haqidagi bu video koʻpchilikda qiziqish uygʻotdi va bir kunda uni 90 mingdan ortiq kishi koʻrib, 800 ga yaqin xorijliklar izoh qoldirdi.
 
Ushbu videoda asosan goʻshtli taomlar boʻlgani ayrim kishilarda biroz munozarali fikrlarni ham uygʻotgan. Balki, kelgusi safar giyohlar-u bahor koʻkatlaridan somsalar, xonimlar-u koʻk chuchvaralarni tatib koʻrishga, sumalak mavsumiga yoki qovoq ayni pishgan vaqtda qovoq manti-yu pechakxoʻrlikka ham ayni shu ijodkorni yana taklif qilish kerakdir. Chunki, xorijda tobora vegetarianlar soni ortib boryapti va kelgusida ular ham Oʻzbekistonga keladigan boʻlishsa “och qolmaslik”larini bilishlari foydadan holi boʻlmaydi.
 
Umuman olganda loyihada ishtirok etgan mezbon-u mehmonning samimiyligi ham videoni muvaffaqiyatli chiqishiga turtki bergan, ayni shunday samimiy, dunyoqarashi keng gidlar sonini koʻpaytirish va faqat rivoyatlar-u, kitoblardan yodlab olingan quruq tarix emas, kundalik hayot, hamma uchun qiziq mavzularda soʻzlay oladigan, hazil mutoyibaga usta va oddiy oilalarga kirib bora oladigan professional gidlar sonini oshirish kerak. Chunki, sayyohlar sonining koʻpayishi, albatta mahoratli gid-tarjimonlarga boʻlgan ehtiyojni ham oshiradi.
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.