Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oylik

0
593
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari mamlakatimizda “Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” deb eʼlon qilinganligi haqida Adliya vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Oyliklar doirasida quyidagilar rejalashtirilgan: Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha maʼlumotlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish; tadbirkor ayollarga huquqiy koʻmak berish uchun Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda hamkorlik memorandumini imzolash; masofadan  mavzuli bepul kurslarni tashkil etish va elektron tizimida (kurslar.huquqiyportal.uz) ayollar huquqiga oid bepul onlayn oʻquv kurslarini tashkil etish.

“Huquqiy axborot minbari” rukni ostida audio podkastlar tashkil qilish; xotin-qizlar huquqlari boʻyicha umummilliy imtihonini oʻtkazish; sayyor qabullar va boshqa tadbirlar tashkil etish.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.