Sankt-Peterburgdagi jomeʼ masjid haqida bilasizmi?

0
118
marta koʻrilgan.

Sankt-Peterburg Petr 1 davrida qurilgan va bir paytlar maʼlum muddat  Rossiyaning poytaxti boʻlgan shahardir.  Shuningdek, uni mamlakatning madaniy poytaxti ham deyishadi. Ushbu mashhur shaharda  ajdodlarimizning qalb qoʻri,  saxovatli tashabbusi va qoʻl mehnati, bilan qurilgan inshootlar ham mavjud.

 Ularning eng mashhuri, shaharning Kronverk prospektida 1914 yilda qurib bitkazilgan jomeʼ-masjididir. Primorskiy metro bekati yaqinidagi bu masjid  moviy gumbazlari va minoralari bilan  Samarqandu Buxorodagi tarixiy obidalarni yodga soladi.

Masjid qurilishi 1910 yilda Buxoro amiri Said Abdulahadxon tashabbusi bilan boshlangan.  Oʻsha  yil 3 fevral kuni uning  ishtirokida masjidning birinchi gʻishti qoʻyiladi. Abdulahadxon 1910 yilning 26 noyabrida bedavo xastalikdan olamdan oʻtsada,  qurilish toʻxtamaydi.

Mazkur masjid 1913 yilning 22 fevralida tantanali ravishda  ochiladi. Unda otasining oʻrniga taxtga oʻtirgan Said Olimxon bilan birga Xiva xoni Asfandiyorxon ham ishtirok etgan.

Qizigʻi shundaki, ikki qoʻshni davlat hukmdorlari faqat ana shu voqea munosabati bilan, aynan Peterburgda uchrashishgan.

Ushbu masjid tariximiz buyukligining va xalqlar doʻstligining ifodasidir.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.