Ayazqalʼa madaniy merosi uch qoʻrgʻondan iborat

0
73
marta koʻrilgan.

Qadimiy tarixiy maskan – Ayazqalʼa madaniy merosi milodimizning I asr oxiri va II asrlarida bunyod etilgan.

“Ayazqalʼa” uch qoʻrgʻondan iborat boʻlgan. Birinchi qoʻrgʻoni 60 metr baland togʻ qoyasi  tekisligida xom gʻisht bilan qoʻrilgan, S.P.Tolstovning fikriga qaraganda “Ayazqalʼa” da hayot milodimizning III-IV asrlarigacha davom etgan. U yerdan arxeologik qazish ishlarini olib borishganida II asrda zarb qilingan tangalar topilgan.

“Ikkinchi qoʻrgʻon eramizning IV-VIII asrlarida bunyod etilgan va qurilish ishlari IX asrga qadar davom etgan. Yaʼni, qalʼa Sulton Uvays togʻi va Qizilqum tomonlaridan kelgan koʻchmanchi-bosqinchilardan himoya qilish maqsadida qurilgan. Uning pastki qismida uchinchi qoʻrgʻon mavjud. U yerdan  topilgan ikkita tegirmon hozir Ellikqalʼa tuman tarix va arxeologiya muzeyida saqlanmoqda.

Ushbu qoʻrgʻonning yonida 20 ta oʻtovlardan tashkil topgan sayyohlar uchun maxsus turar joylar tashkil etilgan. Barcha xizmat turlari yaratilgan, ayniqsa tabiat qoʻynida, quyosh chiqishi-yu botishini kuzatib dam olishni istaganlar uchun  bu maskan ayni muddao!

Choʻl qoʻynidagi qadimiy qalʼalarni,   moʻjizaviy maskanlarni koʻrganda beixtiyor xalqimizning bir kun kelib bozor boʻlgan joylar mozor boʻladi, mozor boʻlgan joylar bozor boʻladi, degan naql xayoldan kechadi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.