Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi atrofida ekoturizm rivojlantiriladi

0
393
marta koʻrilgan.

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hududida havaskor va sport turizmi rivojlantiriladi, deb xabar beriladi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi saytida.

Oʻzbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud, zero mamlakat barcha sayyohlar uchun jozibali boʻlgan ekoturistik yoʻnalishlarning noyob va barqaror tarmoqlariga ega. Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, mamlakatda 8 ta qoʻriqxona, 2 ta tabiiy milliy park, 1 ta biosfera rezervati, 12 ta zahira va 7 ta tabiat yodgorligi bor.

Respublikada bu yoʻnalishda qator loyihalar amalga oshirilmoqda, shulardan biri Aydar-Arnasoy koʻllar tizimini rivojlantirish hisoblanadi. 2019-yilning 23-aprelida mamlakat hukumati tomonidan sayyohlarni jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 347-sonli qarori qabul qilinib, ushbu hujjat Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi biologik resurslaridan foydalanishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirishni koʻzda tutadi.

Qaror aholining baliq mahsulotiga boʻlgan talabini qondirish, hayvonot va oʻsimlik dunyosi muhofazasini kuchaytirish, hududning turistik salohiyatidan samarali foydalanish nazarda tutilgan.

Qarorning asosiy maqsadlaridan biri xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, ekoturizm va tabiat muhofazasi boʻyicha xalqaro hamkorlikni kengaytirishni inobatga olgan holda, respublikada ekologik turizmni rivojlantirishga doir istiqbolli loyihalar, mexanizmlar va jihozlar boʻyicha takliflar ishlab chiqishdan iboratdir.

Mazkur loyihani amalga oshirish hudud aholisi turmush darajasini oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish va oʻzaro manfaatli hamkorlik hamda investitsiyalar yoʻnalishidagi xalqaro aloqalarni mustahkamlash imkonini beradi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.