Bill Geyts shu yozda oʻqib chiqish uchun beshta kitobni tavsiya qildi

0
574
marta koʻrilgan.

Microsoft asoschisi Bill Geyts kelayotgan yozda oʻqib chiqish uchun beshta kitobdan iborat roʻyxatni eʼlon qildi. Uning tavsiyasiga koʻra, ushbu kitoblarni albatta oʻqib koʻrish kerak. Geytsning oʻz blogida taʼkidlashicha, kitoblar ancha kichik boʻlib, ularni oʻqish oson boʻladi.

«Soʻnggi vaqtlarda men ajoyib kitoblarni oʻqib chiqdim. Bu roʻyxatni tuzayotganimda, ulardan baʼzilari insonni nima daho qilishi, yaxshi odamlar bilan nega yomon narsalar yuz berishi, insoniyat qayerdan kelib chiqqani va biz qayerga qarab ketayotganimiz, kabi jiddiy masalalarda ekanini tushunib yetdim», — deya yozgan u blogida.

Geyts Uolter Ayzeksonning «Leonardo da Vinchi» kitobini oʻqishga tavsiya etgan. Milliarderning soʻzlariga koʻra, muallif rassom hayotidan turli faktlarni yiqqan va uning fenomenini tushuntirishga urinib koʻrgan.

Shuningdek, tadbirkor Keyt Boulerning  «Hamma narsaga sabab bor, hamda menga yoqadigan boshqa yolgʻon» kitobini maslahat berdi. Yozuvchi bu kitobni oʻzida saratonning eng soʻnggi bosqichini topishgach yozgan. Natijada, uning soʻzlariga koʻra, qalbni titroqqa soladigan va juda kulgili roman chiqqan.

Geyts roʻyxatga Jorj Sandersning «Linkoln bardoda» kitobini kiritdi. «Men Avraam Linkoln haqida barcha narsani bilaman, deb oʻylardim, biroq bu roman uning hayoti baʼzi davrlarini qayta koʻrib chiqishga majburladi… Men Linkoln qaygʻu va masʼuliyat tufayli qanchalik ogʻir ahvolda boʻlganini his etdim», — deya yozgan tadbirkor.

Bundan tashqari, milliarder Devid Kristianning «Barchasining katta tarixi» kitobini tavsiya qildi. Asarda katta portlashdan boshlab barcha narsa haqida hikoya qilinadi. «Kitob sizga insoniyatning koinotdagi oʻrni haqida tushuncha beradi», — deya taʼkidlab oʻtgan Geyts.

Roʻyxatning soʻnggi oʻrnidan Gans Rosling, Oli Rosling va Anna Rosling Ronnlundning  kitobi joy oldi. Xalqaro sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha professor Gans Rosling dunyo haqida oddiy haqiqatlarni tushuntirib beradi – hayot qanday qilib yaxshi boʻladi va qaysi sohalar olamini takomillashtirish zarur. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.