2018 yil 22 yanvar kuni, Yunusobod tumani, Moyqoʻrgʻon koʻchasida joylashgan “Shifo-nur” tibbiyot markazi qarshisida, “BMW” rusumli avtoulov xaydovchisi mast holatda, rul boshqaruvini yuqotib, yoʻl chetidagi daraxtga urilgan, deya xabar beriladi guvd.uz saytida.
Natijada:
1) yoʻlovchisi – 1996 yilda tugʻilgan erkak kishi, YTH joyida vafot etgan;
2) yoʻlovchisi – 1978 yilda tugʻilgan erkak kishi, “Bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi, oʻng tomonlama qovurgʻalar sinishi” tashxisi bilan 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan;
3) yoʻlovchisi – 1987 yilda tugʻilgan erkak kishi, “Bosh miya ochiq jarohati, bosh miya lat yeyishi” tashxisi bilan 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan;
4) yoʻlovchisi – 1997 yilda tugʻilgan erkak kishi, “Bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, pastki jagʻ, daxan sohasi sinishi” tashxisi bilan 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam oʻlishiga sabab boʻlsa) alomatlari bilan jinoyat ish qoʻzgʻatilgan.
2018 yilning 22 yanvar kuni, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan yoʻl-transport hodisalarining oldini olish hamda yoʻl harakati qoidabuzarliklariga yoʻl qoʻyilganlik holatlarini aniqlash borasida oʻtkazilgan tadbir davomida yoʻl harakati ishtirokchilari tomonidan jami 2820 ta qoidabuzarliklar aniqlandi. Shulardan mast holatda transport vositasini boshqarish – 27 tani tashkil etadi.
Hurmatli haydovchilar!
Agar Siz “Yoʻl harakati qoidalari”ga toʻliq rioya etsangiz, oʻzingizning va oʻzgalarning xavfsizligini taʼminlangan boʻlasiz.